AQSh qurolli kuchlari general-mayori Jon Rossi Amerika armiyasining joniga qasd qilgan eng yuqori martabali zobiti bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

55 yoshli Rossi 31-iyulda o‘zini o‘ldirgan, biroq bu haqda 28-oktabr, juma kunigina ma’lum qilindi. General unga navbatdagi unvon taqdim etilishidan ozgina oldin Alabamadagi uyida o‘z joniga qasd etgan.

Bu ish bilan shug‘ullanayotgan tergov suiqasd nima bilan bog‘liqligini hozircha aniqlagani yo‘q. USA Today manbalariga ko‘ra, general o‘ziga yuklatilgan turli majburiyatlarni bajarishda qiyinchilik sezgan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH