Gazli ichimliklar va boshqa shirin ichimliklarni doimiy ravishda iste`mol qilib keladiganlar bedorlik hamda uyquga ketishdagi muammolarga duch kelishini olimlar isbotlashdi. Bu haqida Sleep Health jurnalida maqola e`lon qilingan.

«O’ylaymizki, bu holatda shirin ichimliklar ichish odati va uyqusizlik bir-birini kuchaytiradi. Shu sabab ham odamlar bu odatni tashlashga juda qiynalishadi. Bizning ma`lumotlarimiz ko’rsatadi-ki, gazli ichimliklar ichish, semizlik va diabetdan uyquni yaxshilash bilan kurashsa bo’ladi», — dedi San-Frantsiskodagi Kaliforniya universitetidan Arik Prater.

Prater va uning hamkasblari bunday xulosaga 19 ming kishining hayotini kuzatish asnosida kelishdi. Bu odamlar 2005-2012 yillarda o’tkazilgan parhez va salomatlikni kuzatish milliy dasturida ishtirok etishgan.

Ular qanchalik ko’p shirin ichimliklar ichishgan bo’lsa, samara shunchalik kuchli bo’ldi. O’rta holatda besh soat uxlaganlar 21 foiz ko’proq ichimlik ichishgan. Olti soat uxlaganlarda esa bu holat 11 foizni tashkil etgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH