Buyuk Britaniyaning The Sun nashri uelslik futbolchi Garet Beylning “Real” bilan yangi shartnomaga ko‘ra maoshini soniyasigacha hisoblab chiqdi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.

Avvalroq Garet Beyl “Qirollik klubi” bilan kelishuvini 2022-yilning 30-iyuniga qadar uzaytgani haqida xabar berilgandi.

Xabarda qayd etilishicha, uelslik yarim himoyachi 5 yarim yil davomida 190 ming funt sterling ishlab oladi. Uning haftalik maoshi 700 ming funtni tashkil qiladi. Ammo soliqlar to‘lovidan so‘ng maosh 360 ming funt sterlingga teng bo‘ladi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, Beyl madridliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldudan ko‘proq maosh oladigan bo‘ladi. Portugaliyalik 31 yoshli hujumchining haftalik maoshi soliqlar to‘lovidan so‘ng 300 ming funt sterlingni tashkil qiladi.

Iqtidorli yarim himoyachining haftalik maoshi 750 ming funt sterling bo‘lganida, u yiliga 36 million, oyiga 3 million, kuniga 107 ming, soatiga 4 464 va soniyasiga 74 funt sterling oladi.

Garet Beylning “Real” bilan shartnomasining uzaytirilishi bugun, 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida rasman e’lon qilinadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH