“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl Goal nashriga bergan intervyusida ba’zi klubdoshlariga ta’rif berib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“‘Real’ning eng mahoratli futbolchisi? Ehtimol, Ronaldu”, – dedi Beyl.

Uelslik futbolchi kim barchadan yaxshiroq mashg‘ulot o‘tashi haqidagi savolga Luka Modrich deb javob qaytardi. Shuningdek, Beyl xorvatiyalik futbolchini “Qirollik klubi”dagi eng yaqin do‘sti ekanini aytdi.

Beyl jamoaning eng quvnoq futbolchisi braziliyalik Marselo ekanini, klubning eng qo‘pol a’zolari Pepe va Serxio Ramos ekanini ta’kiladi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH