Kerakli mahsulotlar:

Mol yoki qo‘y go‘shtining bo‘yin qismi 1,5 kg

6 dona piyoz

4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi

4 dona qalampir aralashmasi

Bir qancha timyan shohchasi

Toblab pishirish uchun sousiga kerak bo‘ladi:

50 gr sariyog‘

5 osh qoshiq un

2 stakan sut

2 stakan yog‘li slivka

150 gr gryuyer yoki parmeza pishlog‘i

Tuz

Tayyorlanishi:

1.Ggo‘shtni yirik bo‘laklarga bo‘linadi, yaxshilab murchlanadi, timyan shohchalari qo‘shilib, iliq joyga yarim soatga qo‘yiladi.
2.3 dona piyozni mayda kubik, qolgan 3 donasi halqa shaklida to‘g‘raladi.
3.Pishloqni yirik tishli qirg‘ichdan chiqariladi.
4.Zaytun yog‘ida piyozni tilla rangga kirgunga qadar qovuramiz va likopchaga solamiz.
5.Mana endi sousni tayyorlashga kirishamiz. Qizdirilgan tovaga sariyog‘ni solamiz, u yerga unni qo‘shamiz, o‘rta olovda to‘xtovsiz aralashtirgan holatda 3 daqiqa qovuramiz. So‘ngra kamroq porsiyadan sutni qo‘shib, yog‘och kurakchada yumaloqchalar hosil bo‘lmasligi uchun aralashtirib turiladi. Agar baribir ham paydo bo‘lib qolsa, sousni elakdan o‘tkazish kerak. Sous juda quyuq bo‘lishini inobatga oling. Oxirida slivkani quyib, bir necha daqiqa davomida qaynatiladi.
6.Tayyor sousni olovdan olib, to‘xtovsiz aralashtirgan holatda bir daqiqadan so‘ng pishloq solinadi.
7.Gaz pechining listiga olga qog‘oz solinadi, zaytun yog‘i surtiladi va xalqa shaklida kesilgan piyoz solinadi.
8.Go‘shtni yengilgina tuzlanadi, lekin agar yetarli darajada tuzli bo‘lsa, tuzlash shartmas.
9.Piyoz ustiga bir qavat go‘sht, uning ustiga qovurilgan piyoz solinadi.
10.Ustiga pishloqli sous quyiladi.
11.180 haroratda toblab pishiriladi. Tayyorlash jarayoni go‘shtga bog‘liq. Toblashga taxminan bir soat vaqt ketadi. Jarayon so‘nggida haroratni 150 gradusga tushiriladi. Agar po‘sti biroz kuyishni boshlasa, uni Folga qog‘oz bilan yopish kerak.

ULASHISH