Fransiyada Parij teraktlari qurbonlari eslanmoqda

Fransiyada 2015-yil 13-noyabridagi teraktlar qurbonlari eslanmoqda. Mamlakat prezidenti Fransua Olland Parijdagi teraktlar sodir etilgan barcha joylarga borib, qurbonlarning yaqinlari bilan uchrashmoqda, deb xabar berdi “Vedomosti”.

1481262747-680x453

Olland Parij meri Ann Idalgo bilan birga o‘tgan yili uch nafar xudkush Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini chog‘ida o‘zini portlatib yuborgan Stade de France stadioniga bordi. Xotira marosimlari teraktlar ro‘y bergan Carillon, Le Petit Cambodge, La Bonne Biere, Le Comptoir Voltaire, La Belle Equipe qahvaxonalari va Bataclan konsert zalida ham bo‘lib o‘tdi. Ularning har birida qurbonlar nomi bitilgan yodgorlik lavhalari o‘rnatildi.

1481263761-680x441

Stade de France stadionida 11-noyabr, juma kuni Fransiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan avval o‘tgan yilgi voqealar eslandi. Bataclan konsert zali 12-noyabr, shanba kuni teraktlardan so‘ng ilk bor ochildi. Uning qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan konsertda britaniyalik mashhur rok-qo‘shiqchi Sting ishtirok etdi.

1481263015-680x441

Ma’lumot uchun, Parijda 2015-yil, 13-noyabrda sodir etilgan teraktlar tufayli 130 kishi halok bo‘lgan, 380 dan ortiq kishi yaralangandi.

47rs161113a998_webnewsdetailed_jpg-680x408

manba: Daryo.uz

ULASHISH