Kerakli mahsulotlar:

Tuyilgan zanjabil ½ choy qoshiq

Keshyu ½ stakan
Kokos qirindisi 1 stakan

Kokos yog‘i (eritilgan) 2 osh qoshiq

Turshak 1 stakan

Suli yormasi 1/3 stakan

Agava qiyomi 2 osh qoshiq

Tuz ¼ choy qoshiq

Qovoq urug‘i 3 osh qoshiq

Tayyorlanishi:

Keshyuni blenderda maydalaymiz yoki to‘g‘raymiz. Alohida likopga solinadi. So‘ngra blenderda turshakni maydalab, unga suli yormasi, kokos qirindisi (yoki kokos mevasi), qovoq urig‘i, agava qiyomi, zanjabil, tuz solinib, barchasi yaxshilab aralashtiriladi.

Ish jarayonida kokos yog‘ini soling. So‘ngra keshyu solinib, blenderda bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring. Gaz listi yoki to‘g‘ri burchakli boshqa qolipga pergament qog‘ozni solib, u yerga “xamir”ni soling. Xamir qolip shaklini olishi uchun yaxshilab bosib, tekislang. Muzlatgichga 1 soatga qo‘yib qo‘ying. so‘ngra muzlatgichdan olib, kesing.

ULASHISH