Foto: Ronaldu o‘zining goli tufayli komadan chiqqan yigitcha bilan uchrashdi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Legiya”ga qarshi (3:3) YChL 4-turi oldidan 2013-yili o‘zining goli tufayli uch oylik komadan chiqqan polshalik David Pavlachik bilan uchrashdi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.

1-4-680x510

2013-yilda velosiped haydab ketayotgan 13 yoshli yigitchani avtomobil urib yuborgan va u shifoxonaga yotqizilgandi. David Pavlachik komaga tushganida, shifokorlar uning yaqinlariga unda qandaydir o‘zgarishni chaqira oladigan narsalarni eshittirishni tavsiya qildi.

101

Yigitning yaqinlari u Krishtianu Ronalduga muxlislik qilishini bilgan va portugaliyalik futbolchining ishtirokidagi o‘yinlarni eshittirishga qaror qilgandi. Ushbu metodika o‘z samarasini berdi – Ronaldu Shvetsiyaga qarshi JCh–2014 turniriga o‘tish o‘yinida gol kiritganida David komadan chiqdi.

2-5

31 yoshli futbolchi ushbu voqea haqida ancha avval xabar topgan va uni Madrid shahriga, YChL o‘yinlaridan birini tomosha qilishga taklif qilgan edi.

daily

manba: Daryo.uz

ULASHISH