Foto: Mercedes o‘z tarixidagi ilk pikapni namoyish etdi

Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining ilk o‘rta hajmli pikapini namoyish etdi. Modelga X-Class nomi berilgan. Motor xabariga ko‘ra, taqdimot Shvetsiyadagi maxsus tadbirda bo‘lib o‘tgan.

mercedes-1

Modelning bir qism uzellari va agregatlari Nissan Navara’niki bilan o‘xshash.

mercedes-2

Avtomobilning eng qimmat modifikatsiyasi V6 dizel dvigatel va 4Matic doimiy old uzatma tizimi bilan bilan ta’minlanadi.

mercedes-3

Mercedes-Benz’ning birinchi pikapiga taxminan 1,1 tonnagacha yuk ortish mumkin, u 3,5 tonna yuk ortilgan tirkamani torta olishi aytilmoqda.

mercedes-6

Mercedes-Benz X-Class’da SIM-karta bilan integratsiya qilingan multimedia tizimi, avtomobil holatini smartfondagi mobil dastur orqali masofadan kuzatish imkonini beruvchi tizim, shuningdek, kameralar, radarlar va ultratovushli datchiklar yordamida ishlaydigan ko‘plab xavfsizlik tizimlari bilan ta’minlanadi.

mercedes-5

Mercedes-Benz o‘z pikapining ikki versiyasini namoyish etdi. Biri Stylish Explorer bo‘lsa, ikkinchisi Powerful Adventurer.

mercedes-7

Birinchisi oq rangda bo‘lib, 22 dyuymli g‘ildiraklar, haqiqiy charmdan ishlangan o‘rindiqlar va interyerida emandan tayyorlangan bezaklar bilan ta’minlangan.

mercedes-9

Powerful Adventurer esa yo‘ltanlamas shinalar, kuzovning ostki qismi himoyasi va boshqalar bilan to‘ldirilgan. U sarg‘ish-yashil rangga bo‘yaladi.

mercedes-10

Mercedes-Benz X-Class’ning seriyalab ishlab chiqariladigan versiyasi 2017-yilda bozorga chiqarilishi kutilmoqda.

Model Barselonadagi Nissan zavodida ishlab chiqariladi. Janubiy Amerika mamlakatlari uchun bu modelni Argentinadagi Renault korxonasi ishlab chiqaradi.

X-Class birinchi galda Braziliya, Argentina, Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH