Foto: London bo‘ylab furgonda sayr qiladigan olifta it

Britaniyalik xonanda Elli Golding Instagram’dagi sahifasida furgonda oynaga suyanib o‘tirgan urg‘ochi fransuz mastifining suratini e’lon qildi.

roxy-1

Ma’lum bo‘lishicha, bu itning laqabi — Roksi, u kuryer bo‘lib ishlaydigan egasi bilan birga oq furgonda shahar kezadi.

roxy-3

Roksining Instagram va Twitter’da akkauntlari bor va ularda itning egasi londonliklar tomonidan tushirilgan Roksining suratlarini qayta e’lon qilib boradi, deb yozadi Meduza.

roxy-2

“Odatda London bo‘ylab kuryerlik furgonida xotirjam ketayotgan holda uchraydi. Vaqti-vaqti bilan so‘lagi oqadi”, — deb yozilgan Roksining Twitter’dagi tarjimai holida.

roxy-4

manba: Daryo.uz

ULASHISH