Foto: Karnaychi — Obid Asomov, nog‘orachi o‘rnida — Shukrullo Isroilov

Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’dagi sahifasida o‘zining karnay ushlab turgani, boshqa bir qiziqchi Shukrullo Isroilov esa nog‘ora chalayotgani tasvirlangan suratni e’lon qildi.

obid-1-1

“Kecha unutilmas kun bo‘ldi. Qo‘shaloq bayram! Tug‘ilgan bir yoqdayu, asosiysi — Sobit akamni kenja o‘g‘li Abbosxonni uylantirdik. Karnay-surnayni begona qilmadik: o‘zimizdan chiqdi!”, — deb yozdi Obid Asomov Instagram’dagi sahifasida.

Obid Asomov to‘y haqida shunday deb yozdi: “Juda go‘zal, unutilmas to‘y bo‘ldi. San’atkor do‘stlarimga, hamma-hammalariga beminnat xizmatlari uchun o‘zim nomimdan, Asomovlar sulolasi nomidan alohida rahmat! Abbosxon, Lobarxon, baxtli bo‘linglar!”.

22-oktabr kuni Obid Asomov 54 yoshga to‘lgan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH