FOTO. Hindistonda 35 ming muxlis nega Zidanning niqobini taqib oldi?

Kecha Hindiston Superligasida «Kerala Blasters» va «CHennayin» klublari o’rtasidagi bahs bo’lib o’tdi, deb xabar beradi “championat.asia”.

O’yindan oldin mezbon jamoa muxlislari Zinedin Zidanning niqobini taqib olishdi. Sababi oddiy: Ayni paytda «CHennayin» bosh murabbiyi sifatida italiyalik Marko Materatssi ishlamoqda.

Bu jamoalar o’rtasidagi dastlabki o’yinda Materatssi o’zining nomaqul harakatlari tufayli diskvalifikatsiyaga uchragan edi. Kechagi uchrashuvda «Kerala Blasters» 3:1 hisobida g’alaba qozondi.

«Kerala Blasters» — «CHennayin» 3:1
Gollar:
Kadio 66, Vinet 85, 89 — B.Mendi 22

227563_680

ULASHISH