Facebook asoschisi Mark Sukerberg Fortune jurnali tomonidan tuzilgan “Yil biznesmeni” reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Jami ro‘yxatdan 50 kishi o‘rin oldi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Sukerberg atigi 32 yoshda, biroq qiymati 375 milliard dollar, daromadi 22 milliard dollar, foydalanuvchilar soni esa 1,8 milliard kishiga yaqin kompaniyani yaratishga ulgurdi”, — deyiladi nashr tomonidan mazkur ro‘yxatga berilgan izohda.

Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi. Uchinchi o‘rin esa Ulta Beauty kosmetika do‘konlari tarmog‘i bosh direktori Meri Dillonga nasib etdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH