Ford rekord darajadagi choraklik foyda haqida hisobot berdi

Ford Motor kompaniyasi 113 yillik tarixi davomida rekord darajadagi choraklik foydaga (soliqlar chegirib qolinishidan avvalgi) ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.

ford

Kompaniyaning Yevropadagi bo‘linmasi 2008-yildan buyon eng katta foydani qo‘lga kiritdi va uch oy ichida butun 2015-yildagidan ko‘proq ishlab oldi. Shimoliy Amerikada kompaniya yo‘ltanlamaslar va pikaplarga bo‘lgan katta talab tufayli muvaffaqiyat qozondi.

Ford’ning yanvar—martdagi sof foydasi qariyb ikki baravar — 2,5 milliard dollargacha oshdi, bunda har bitta aksiyaga 0,61 dollardan to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilning shu davrida esa ushbu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 1,15 milliard dollar va 0,29 dollarga teng bo‘lgan.

Soliqlargacha bo‘lgan choraklik foyda 3,8 milliard dollarni tashkil etdi, o‘tgan yili esa bu 1,7 milliardga teng bo‘lgan. Kompaniyaning umumiy daromadi 11 foizga o‘sib, 37,7 milliard dollarni tashkil etdi. Operatsion foyda bitta aksiya uchun 68 sentga teng bo‘ldi.

ULASHISH