Ford kompaniyasi Fisher Price bilan hamkorlikda bolalar elektr avtomobilini tayyorladi. U “Mustang”ga o’xshash bo’lib, Power Wheels o’yinchoqlar brendi ostida chiqarilgan. Yangilik bunday mashinalar orasida birinchi bo’lib trekshn-nazorati tizimiga ega bo’ldi. U g’ildiraklar joyidan jilmay turganda motor quvvatini kamaytirib, xavf yuzaga kelganda esa uni butunlay o’chirib qo’yadi.

Avtomobil sensorli ekrancha bilan jihozlandi. U batareya miqdorini nazorat qilish hamda ota-onalar tomonidan tezlik darajasini belgilash imkonini beradi. Bundan tashqari, bolalarga mo’ljallangan “Mustang”da dvigatel tovushini eshittiruvchi maxsus tizim bor. Shuningdek, o’rnatilgan dinamiklar orqali musiqa tinglash mumkin.

Mashina dekabrdan sotuvga chiqariladi. U 360 dollarga tushadi.

manba: Kun.uz

ULASHISH