Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift Forbes nashri tomonidan tuzilgan yilning eng ko‘p daromad oluvchi qo‘shiqchilari reytingida yetakchilik qildi, deb yozadi “RBK”. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, uning Wildest Dreams albomi xonandaga rekord darajadagi 170 million dollar mablag‘ keltirgan.

O‘tgan yildagi kabi, reytingning ikkinchi pog‘onasida Angliya-Irlandiya boyz-bendi One Direction joylashdi. Bu safar musiqachilar 110 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi. Nashr ta’kidlashicha, guruhning yaqinda bo‘lib o‘tgan On The Road gastrol safari qo‘shiqchilarga 200 million dollardan ortiq daromad keltirgan, ammo Forbes reytingi musiqachilarning 2015-yil 1-iyunidan 2016-yil iyunigacha bo‘lgan daromadlari asosida tuziladi, shuning uchun ushbu daromadlar kelasi safar hisobga olinadi.

Britaniyalik qo‘shiqchi Adel 80 million dollar ishlab topdi va shu tariqa, reytingning uchinchi o‘rnini egalladi. To‘rtinchi o‘rinda Madonna (76,5 million dollar), beshinchi o‘rinda Rianna (75 million dollar) joylashdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH