Forbesning Rossiyadagi nashri top-menedjerlari eng ko‘p maosh oluvchi sanoat tarmoqlari reytingini tuzdi, — deb xabar beradi vedomosti.ru. Neft-gaz kompaniyalari, og‘ir sanoat, telekommunikatsiya kompaniyalari, tijorat va investitsion banklar, savdo tizimlari, sug‘urta va transport kompaniyalari, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar, qurilish kompaniyalari, agro-holding va farmasevtik kompaniyalar bu reytingdan o‘rin oldi.

Neft-gaz kompaniyasi bosh direktori yoki prezidentining 2016-yildagi o‘rtacha maoshi 2,16 million dollarni, og‘ir sanoat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda esa — 1,63 million dollarni, telekommunikatsiya kompaniyalarida — 1,18 million dollarni tashkil qildi. Nashrning qayd etishicha, bu yilda o‘rta bozordagi tijorat banki boshqaruv raisining kompensatsiyasi 1,07 million dollarni, investitsion bank boshqaruv direktoriniki esa 840.000 dollarga teng bo‘lgan.

Nashr savdo tizimidagi bosh direktor o‘rta hisobda 620.000 dollar, sug‘urta kompaniyasida 520.000 dollar, transport kompaniyasida 520.000 dollar ishlab topishini hisoblab chiqqan. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi kompaniya direktorining bu yildagi o‘rtacha ish haqi 470.000 dollarga, qurilish kompaniyasida 450.000 dollarga, agro-holdingda — 410.000 dollarga, farmasevtik kompaniyada 360.000 dollarga teng bo‘lgan.

ULASHISH