Finlyandiyalik olimlar erkaklar uchun eng jozibador ayollar yoshini aniqladilar, — deb xabar beradi vm.ru.

Finlyandiyaning Turku universiteti tadqiqotchilari o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, erkaklar ma’lum yoshdagi ayollarga ko‘proq e’tibor qaratishar ekan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, ayollarning eng go‘zallashadigan davri 24-25 yoshni tashkil qiladi.

Olimlar erkaklar ko‘proq 23-28 yoshlardagi ayollarga e’tibor qaratishadi degan xulosaga kelishdi. Qayd etilishicha, tadqiqot hech qanday yangi natija bermadi, balki evolutsion nazariyaning mustahkamligini isbotladi. Farzand ko‘rish uchun 25 yosh eng ma’qul hisoblanadi. Aynan shu yillarda ayollari jozibasi ortadi va homilador bo‘lish imkoniyati katta bo‘ladi.

ULASHISH