Filippinning Mindanao orolida joylashgan shaharlardan birining meri va uning qo‘l ostidagilardan 9 nafari narkosavdoga qarshi kurash politsiyasi xodimlari bilan otishmada halok bo‘ldi. Bu haqda “TASSxabar bermoqda.

GulfNews nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Kotabato provinsiyasida sodir bo‘ldi. Huquq-tartibot hodimlarining ta’kidlashicha, uchta mashinada bo‘lgan shahar rahbari boshchiligidagi qurolli kishilar politsiya nazorat-o‘tkazish punktiga qarata o‘q uzgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH