FIFA futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati timsoliga aylangan bo‘ri Zabivakaning huquqlarini Tomsk davlat universiteti grafik dizayn kafedrasi talabasi Yekaterina Bocharovadan sotib oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Menga 500 dollar to‘lashdi. Bo‘ri uchun huquq FIFAga o‘tdi, bu borada timsolning qoralamalari chizilayotgan vaqtdayoq kelishib bo‘lingan edi”, — dedi Bocharova.

“Men bo‘rining qoralamalarini o‘qituvchilarimga olib kelib ko‘rsatgandim. Ularga unchalik ham yoqmagandi, ishimni jiddiy emas, deb baholashgandi. Lekin hozir men bilan faxrlanishyapti”, — deya qo‘shimcha qildi talaba qiz.

Yekaterina o‘qishni bitirganidan so‘ng, o‘z kuchini multiplikatsiyada sinab ko‘rmoqchi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH