FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mamlakatda o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogida ishlatilishi rejalashtirilayotgan “Krasava” to‘pini sovg‘a qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Putin bilan uchrashuv chog‘ida Infantino Konfederatsiyalar kubogi va 2018-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu hamkorlik tajribasi hukumat tomonidan yuksak e’tibor ko‘rsatilgani bilan diqqatga sazovor hodisa bo‘ldi.

“Bizni 2017 va 2018-yillarda ikki ajoyib yoz kutmoqda”, — ta’kidladi FIFA rahbari.

ULASHISH