Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson 2008-yilda o‘sha paytlarda mankunianlar safida to‘p surgan Krishtianu Ronalduning “Real”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilgan. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Gilyem Balage ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Aleks Fergyuson “Real”ning o‘sha davrdagi prezidenti Ramon Kalderon bilan Ronalduning madridliklar safiga o‘tishi haqida muddatidan avval e’lon qilinmasligi haqida kelishib olgandi. Shunga qaramay, ma’lumot matbuotga tarqalib ketdi.

“Fergyuson qattiq jahli chiqqani uchun Ronalduni ‘Barselona’ga jo‘natib yubormoqchi bo‘lgandi. U Ronalduni ‘Real’daт boshqa istalgan klubga berib yuborishga tayyor edi. Ammo Krishtianu faqat ‘Real’ga o‘tishni istadi. Shunga qaramay, Fergyuson Ronalduni ‘MYu’da yana bir yil qolishga ko‘ndirdi va uni Madrid klubiga yuborishga va’da berdi”, – dedi Balage.

manba: Daryo.uz

ULASHISH