Farruh Zokirov, Ivan Urgant, Nilufar Sotiboldiyeva va Glyukoza bir to`yda boshlovchilik qilishdi

Boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva o`zining ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratlari internet foydalanuvchilari o`rtasida qiziqish uyg`otdi. Mazkur suratlarda Nilufar Sotiboldiyevaning yonida O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov, rossiyalik taniqli shoumen Ivan Urgant va xonanda Glyukozani ko`rish mumkin. 

Internet foydalanuvchilari Nilufar Sotiboldiyevadan rostan ham Ivanning yonida suratga tushgani yoki bu xazil ekanligi so`rashganida, u xazil tariqasida “Biz ‘Vecherny Urgant’damiz”, deya javob berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, aslida Nilufar Sotiboldieva, Farruh Zokirov, Ivan Urgant va Glyukozalar bilan birga Moskvada bo`lib o`tgan to`ylardan birida boshlovchilik qilgan.

z90tzrv2po9c596u8pninyignh3tje90c8s3pdt5s8mr37pikyv983mev7nz5m36uh0ecrx05e3

manba: Darakchi.uz

ULASHISH