Farg`ona shahar ichki ishlar bo`limiga Quvasoy shahrida yashovchi 23 yoshli fuqaro murojaat qilib, noma`lum shaxs «O`zbekiston ovozi» ko`chasida uning qo`lidan «Verteks» rusumli qo`l telefoni tortib olib, voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini Farg`ona tumanida yashovchi 20 yoshli fuqaro sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

ULASHISH