2016-yil 18-oktabr kuni Farg‘ona viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda, Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, O‘zA xabar berdi.

Halokat oqibatida uch ekipaj a’zosi va vertolyotda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining olti harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.

Aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etildi.

O‘zbekiston rahbariyati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

ULASHISH