Facebook Messenger dasturida chatning o‘zida ishga tushuvchi tezkor o‘yinlar paydo bo‘ldi. Pac-Man, Space Invaders yoki Words With Friends Frenzy kabi klassik o‘yinlar mobil internetga “tug‘ma” bo‘lgan HTML dasturlash tilida yozilgani uchun hech bir qiyinchiliklarsiz, tezda yuklanadi. — deb xabar beradi hitech.vesti.ru.

Facebook ko‘p ochko to‘plash uchun bo‘lib o‘tadigan do‘stona bellashuvlar odamlarni ijtimoiy tarmoqda ko‘proq vaqt o‘tkazishga chaqirishiga umid qilmoqda. Musobaqa yig‘ilgan ochkolar hisobiga o‘tkazilishi tufayli, foydalanuvchilarning bir vaqtda o‘yinda bo‘lishi shart emas.

photo_2016-12-01_10-37-18

Ijtimoiy tarmoq bu yo‘l bilan o‘z kompaniyasi rivojlantirish istagidagi “tezkor o‘yin“ ishlab chiqaruvchilaridan reklama hisobiga yaxshigina daromad olish niyatidaligi ham aniq.

Bunday o‘yinlar Facebook messenjerining asosiy raqobatchilaridan biri Telegram’da bundan bir oy avval paydo bo‘lgan edi.

ULASHISH