Eng yirik aloqa operatori “Beeline” mobil ilovalar halqaro tanlovining ko‘rsatmali tadbirini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 2 noyabr chorshanba kuni  «International” mehmonxonasining #3 zalida  “Eurasia Mobile Challenge 2016” loyihasining mashq kuni – “Acceleration Day” bo‘lib o‘tdi, u yerda respublikaning turli hududlaridan 50 ishtirokchi guruhlarning yuzdan ziyod vakillari qatnashdilar. Hammasi bo‘lib esa loyihaning ikkinchi mavsumida O‘zbekistondan 129 guruh ro‘yhatdan o‘tdi.

%d0%bc%d0%b8%d1%85%d0%b0%d0%b8%d0%bb-%d0%b3%d0%b5%d1%80%d1%87%d1%83%d0%ba

“Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov: “O‘tgan yili “Eurasia Mobile Challenge” tanlovining halqaro ekspertlari va mentorlari uchun O‘zbekiston haqiqiy yangilik bo‘ldi. “Stolik” guruhining shov-shuvli yutug‘i startap-tashabbuslarda o‘z kuchlarini sinab ko‘rish uchun o‘nlab yosh yigit qizlarni ilhomlantirdi, va o‘tgan yilga nisbatan bu yili ro‘yhatdan o‘tganlarning soni ikki barobardan ziyodga oshdi.   QUvochlisi shuki, ikki yildan beri taqdim etilgan loyihalarning asosiy hajmida ijtimoy mo‘ljallangan loyihalar yetakchiik qilmoqda”.

%d1%8d%d0%bd%d0%b4%d1%80%d1%8e-%d1%87%d0%b0%d1%85%d0%be%d1%8f%d0%bd

Trening chog‘ida ishtirokchilarga taqdim etilgan ma’lumot, vatanimizdagi mobil ilovalarni kashf etuvchilarning g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlariga ko‘mak beradi.   Bu maqsadda Toshkentga lektor sifatida  chet ellik venchur investori Maks Gurvits — CCC Startups fondi va Startup AddVenture loyihasining asoschisi, hamda VimpelCom Ltd. Korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Endryu Chaxoyan taklif etildi. Tadbirni “VimpelCom Eurasia” bosh direktori Mixail Gerchuk kirish nutqi bilan ochib berdi.

acceleration-day

Har bir ishtirokchining asosiy vazifasi – o‘z mamlakati uchun mobil yechimni taqdim etish, keyin esa ushbu mohiyatni hay’atlarga taqdim etishdir.  2016 yilning dekabr oyida tanlovning mahalliy bosqichi doirasida ishtirokchilar o‘z mamlakatlaridagi raqiblari bilan kurashadilar. 24 guruhni (har bir mamlakatdan 3 guruh) hay’at a’zolari Yevrosiyo bosqichi finaliga taklif etishadi, u yerda uch g‘olib guruh $10 000dan $20 000gacha bo‘lgan pullik sovrinni qo‘lga kiritadilar, shuningdek Barselonada bo‘lib o‘tadigan “World Mobile Congress 2017” global finaliga yo‘llanma oladilar.

Yevrosiyo innovatsiyalar tanlovi “VimpelCom” Ltd. Guruhining “Make Your Mark” (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy-ta’lim yo‘nalishi doirasida o‘tkaziladi.

ULASHISH