Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi, Rossiya Davlat Dumasi deputati Vladimir Jirinovskiyni qabul qildi. Bu haqda, partiya matbuot xizmatiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Uchrashuvda Rossiya–Turkiya munosabatlarini mustahkamlash xususida so‘z bordi.

Rossiya LDPning Jirinovskiy boshchiligidagi delegatsiyasi Anqaraga Turkiya tomonining taklifiga binoan tashrif buyurgan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH