Ajoyib ta’mli va to‘yimli taom!

Kerakli mahsulotlar:

Tuxum – 2 dona
Kefir – 1 stakan

Osh sodasi – 0,5 choy qoshiq

Un – 1 stakan

Tuz – 0,5 choy qoshiq

Qattiq pishloq – 250 g

Sosiska (yoki kolbasa) – 200 g

Ko‘katlar

Tayyorlanishi:

2 dona tuxumga tuz solib, ko‘pirtiriladi, kefirga soda solib, aralashtiriladi. Bir necha daqiqaga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra tuxumga solinadi, un qo‘shilib, aralashda davom ettiriladi. Xamirning suyuqligi quymoqsimon bo‘ladi. Pishloq yirik tishli qirg‘ichdan chiqariladi, ko‘katlar maydalab to‘g‘raladi. Sosiska yoki kolbasa tilimcha qilib to‘g‘raladi. Hammasi xamirga qo‘shilib, aralashtiriladi. Gaz listi sariyog‘ bilan yog‘lanadi, suxarik yoki suli yormasi sepiladi. Xamir ehtiyotkorlik bilan solinib, sanchqi bilan tekislanadi. 200 haroratdagi gaz pechida 25 daqiqa davomida pishiriladi.

ULASHISH