Eng muammoli smartfonlar aniqlandi

Blannco Technology Group tahliliy kompaniyasi smartfon va planshetlarda qanchalik tez-tez nosozliklar yuzaga kelishini aniqlashga bag‘ishlangan tadqiqoti natijalarini e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Mutaxassislar iPhone’larda muammolar Android-gadjetlarga qaraganda ko‘proq kuzatilishini ma’lum qildi va antireyting yetakchilarini oshkor etdi.

%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%bd%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-13

Mutaxassislar ham dasturiy ta’minot (to‘satdan “osilib qolish” yoki dasturlarning yopilib qolishi), ham qurilma bilan bog‘liq nosozliklarni (signal yo‘qolishi, kuchli qizib ketish) hisobga oldi. 2016-yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, ular iOS va Android-gadjetlarda yuzaga keladigan muammolar soni, shuningdek, muayyan nosozliklar tezligini taqqosladi.

Tadqiq qilingan Apple qurilmalarining 62 foizida nosozliklar kuzatilgan bo‘lsa, muammoli Android-gadjetlar ulushi 47 foizni tashkil etdi. iOS-qurilmalar orasida nosozliklarning eng katta qismi (13 foizi) iPhone 6’da qayd etildi, antireytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini iPhone 5S va iPhone 6S (9 foizdan) egalladi. iPhone 7 va 7 Plus kechroq chiqqani uchun reytingga kirmadi, eng barqaror qurilmalardan biri esa iPhone 4S bo‘lib chiqdi — ushbu model bilan bog‘liq muammolar barcha holatlarning bor-yo‘g‘i 2 foizini tashkil etdi.

%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%bd%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-1-4

Android-qurilmalar ichida esa eng muammoli smartfon LeEco Le2 deb topildi. Ikkinchi o‘rinni Xiaomi Redmi 3S va Redmi Note 3 egalladi — ularning hissasiga muammolar umumiy sonining 9 foizi to‘g‘ri keldi. Samsung Galaxy S7 edge to‘rtinchi o‘rinda joylashdi.

Shuningdek, tadqiqotchilar nosozliklar xususiyati va eng muammoli dasturlar bo‘yicha reytinglar tuzdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH