Amerikalik olimlar guruhi Lyusi (afarsk avstralopitek odamning noyob namunasi, 1974-yilda topilgan) va uning jamoadoshlari ko‘p vaqtlarini yerda emas, balki daraxtlarda o‘tkazganlarini aniqladilar. Tadqiqot natijalari PLoS ONE jurnalida e’lon qilindi, — deb xabar beradi lenta.ru.

Jon Hopkins universiteti tibbiyot maktabi a’zosi Kristofer Raff hamkasblari bilan birga Lyusi qoldiqlari asosida yelka va son suyagining 3D-modelini qayta tikladilar. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra afarsk avstralopitek odami oyoq va qo‘l kuchiga ko‘ra zamonaviy odamni ortda qoldirgan, biroq o‘zi shimpanzedan ortda qolgan. Bu esa Lyusi ozuqa topish va yirtqichlardan himoyalanish uchun ko‘p vaqtini daraxtlarda o‘tkazgan degan xulosaga kelishga turtki beradi. Tadqiqotchilar odam ajdodi million yillar davomida daraxtlar ora yurishganini taxmin qilishmoqda.

Ostindagi Texas universiteti olimlari avgust oyining oxirida Lyusining daraxtdan yiqilib halok bo‘lganini aniqladilar. Afarsk avstralopiteklari ham yer, ham daraxtlarda hayot kechirgan. Olimlarning taxminicha tik yurishga o‘tish keyingi avlodlarga ajdodlaridek daraxtdan daraxtga tez va oson o‘tishga xalaqit bera boshlagan va balandlikdan yiqilishlarga sabab bo‘lgan.

Lyusining qoldiqlari fransuz-amerika ekspeditsiyasi tomonidan 1974 yilning 24 noyabrida Efiyopadagi Avash daryosi bo‘yidan topilgan edi. Uning skeleti deyarli 40% (kamdan kam kuzatiladigan holat) saqlanib qolgandi. Bundan taxminan 3,2 million yil oldin yashagan Lyusi ikki oyoqlab yurgan va Homo turi kelib chiqqan oila vakili bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

ULASHISH