“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos “Leganes”ga qarshi (3:0) Ispaniya chempionati 11-turida o‘ng oyog‘idan jarohat oldi. Bu haqda, klub matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Germaniyalik futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerakligi tasdiqlansa, uning tiklanishi uchun 3 oygacha vaqt kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi o‘rtalarida “Real” Toni Kroos bilan shartnomani 2022-yilgacha uzaytirib, uni eng ko‘p maosh oluvchi germaniyalik futbolchiga aylantirgan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH