Bolgariyadagi prezidentlik saylovlarida muxolifatdan nomzod Rumen Radev g‘olib bo‘lmoqda, deb yozadi “TASS”.

Ekzitpollar natijalariga ko‘ra, Bolgariya sotsialistik partiyasi rahbarligida tashabbus qo‘mitasi ilgari surgan Radevga saylovchilarning 58,23 foizi ovoz bergan. Hukmron “Fuqarolar Bolgariyaning yevropacha rivojlanishi tarafdori” partiyasi nomzodi Setska Sachevani 35,25 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatladi.

Saylovlarning ikkinchi turida saylovchilarning taxminan 48 foizi qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turda general Rumen Radev va parlament raisi, hukmron partiya nomzodi Setska Sacheva tegishli ravishda 24,8 va 23,5 foiz ovoz to‘plab, ikkiinchi turga o‘tgan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH