Apple korporatsiyasi egiluvchan displeyli iPhone’ni 2017-yilda sotuvga chiqarishi mumkin, — deb xabar beradi m24.ru.

Displey organik “svetodiod“larda ishlaydigan (OLED-texnologiya) bo‘ladi. Apple yupqa OLED-displeylarning ishlab chiqarish hajmini oshirish niyatida. Yangi displey prototipi Samsung uskunalarinikidan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim, deb yozadi The Wall Street Journal.

Egiluvchan displeyli model oddiy displeyli modellarga qaraganda yuqori narxga ega bo‘ladi, chunki OLED-texnologiya qimmat turadi. Bu iPhone’ning yangi 10 prototipidan faqat bittasi xalos.

Samsung, Xiaomi va Google OLED-displeyli smartfonlar ishlab chiqarishni boshlagan. Suyuq kristalli (LCD) displeylar OLED-displeylardan bir qancha texnik xususiyatlarga ko‘ra ortda qoladi — qalinlik, yorqinlik va dizayn shular jumlasidandir. OLED-displeylarni ishlab chiqarish LCD texnologiyaga qaraganda 50 dollarga qimmatroqdir.

ULASHISH