Dushmanlarini ham yaxshi ko‘radigan Rayhon: Sizning yomon fikrlaringizni baribir o‘qimayman

Xonanda Rayhon Instagram’dagi ba’zi o‘quvchilariga murojaat qildi.

rayhon-1-680x451

“Menga yomon fikr bildirayotganlarni kuzatib, ularga nimadir yozib qoldirishga qaror qildim. Ovora bo‘lmang, yomon fikrlaringizni baribir o‘qimayman, sizning shuncha mehnatingizga hatto achinaman ham”, — deydi Rayhon.

“Maslahatim, vaqtingizni biror yaxshiroq amalga sarflang. Dunyoda shuncha mo‘jizalar bor, qanday qilib ularni sezmasligingiz mumkin?”, — deb savol beradi xonanda.

“Men bor-yo‘g‘i sizga o‘z muhabbatimni yetkazishga urindim. Meni o‘zingizga dushman sanasangiz ham, baribir sizni juda yaxshi ko‘raman va sizga ulkan baxt tilayman”, — deya qo‘shimcha qildi Rayhon.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhon boshlovchi Farhod Alimov bilan nikohdan o‘tdi. Ularning to‘yi qachon bo‘lishi noma’lum. Bu har ikkala ijodkor uchun hayotidagi ikkinchi turmush hisoblanadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH