Maxedra chaqaloqligidanoq, dunyoda mavjud narsalarning oyog`ini osmondan qilib ko`rishga mahkum etilgandi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Maxedra tug`ilganda, muskullari juda zaif bo`lganidan, hatto boshini ham tutolmasdi. Tug`ma miopatiya uni juda nimjon qilib qo`ygandi. Uning ba`zi bir qo`shnilari “Bu bola emas, balki tavqi lan`atdir!”, deb hisoblashardi. Maxedrani davolatishga ota-onasining puli yo`q edi, ular taqdirga tan bergandi. Ammo Maxedraga yordam beradigan, kelajakka ishonch uyg`otadigan odam topildi.

r3t2ql5mde26e1dvt7pl9mju8

 

Hindistonlik Maxedra ismli bolakayning kasallikdan aziyat chekayotganidan xabar topgan Juli Jons ismli ayol unga yordam berishga qaror qildi.

“Kasbim bolalar bilan bog`liq bo`lgani uchun, bir nafas bo`lsa ham Maxedrani xayolimdan chiqara olmadim”, deydi u.

Juli bolani operatsiya qilish uchun odamlardan pul yig`ishga kirishdi. Natijada Maxedra haqida televizorda ko`rsatuv namoyish etildi. Kerakli mablag`ni to`plash uchun Juli ijtimoiy tarmoqlarda sahifa tashkil etdi. Qiyinchilik bilan bo`lsa-da, operatsiya uchun pul yig`ildi va bir necha bosqichdan iborat bo`lgan operatsiya muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi.

2d63kp309hr342b79wv8hyn07

 

Julining hind tilini tushunmasligi Maxedra bilan muloqot qilishiga xalaqit qilmadi. Ayol operatsiya uchun yig`ilgan pulning qolgan qismiga Maxedra bilan aloqada bo`lish uchun IPad sotib olib berdi. Endi ular bemalol ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishmoqda.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH