Shotlandiyaning Loganair aviakompaniyasi dunyodagi eng qisqa (2700 metr) muntazam aviareysning 1967-yildan beri ro‘yxatga olingan millioninchi yo‘lovchisiga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Shotlandiya qirollik banki xodimasi Enn Rendal Uestrey orolidan Papa Uestrey oroligacha uchadigan reysdan foydalanganidan so‘ng sakkiz o‘rinli samolyot komandiri, familiyadoshi Aleks Rendaldan guldasta va maxsus sertifikatni qabul qilib oldi. Parvoz 47 sekund davom etdi.

Enn Rendal aviakompaniya xizmatlaridan 10 ming marta foydalangani aytilmoqda.

Ikkala orol ham Orkney arxipelagida joylashgan. Arxipelag tarkibiga kiruvchi 70 dan ortiq orolning 20 tasida odamlar yashaydi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH