Dunyodagi eng badavlat sulolalar ro’yxati

Pritskerlar, 29 milliard dollar

Nufuzli ro’yxatning 10-o’rnida 29 milliard dollar bilan Pritskerlar oilasi o’rnashdi. Hozir sulolaning faqat bir aktivi mavjud — Hyatt mehmonxonalar tarmog’i, aftidan ularga buning o’zi yetarli ko’rinadi.

Jyennifer Pritsker Forbes’ning eng badavlat amerikaliklar ro’yxatidan joy olgan — u  Hyatt biznesi bilan shug’ullanadi.

Tailand qirollik oilasi, 30 milliard dollar

Tailand qiroli Rama IX (haqiqiy ismi — Pumipon Adulyadet) nafaqt mamlakat, balki o’z sulolasini ham boshqaradi. Oilaning moliyaviy ahvoli — 30 milliard dollarga baholanadi. Moliyaviy boshqaruv Ramaning tasarrufida, lekin sulola a`zolari bundan shikoyat qilishmaydi, zero ularning pulga muhtojligi yo’q. Rama — ijodiy shaxs: Qirollik orkestri ijro etuvchi simfoniyalar va jaz pesalari muallifi, saksafonda juda yaxshi o’ynaydi. Shuningdek u qobiliyatli rassom hamda yaxta poygalari ishqibozi hamdir. Bundan tashqari, Rama Tailand qishloq xo’jaligi rivoji va yangi texnologiyalarni tatbiq qilishga faol hissa qo’shib keladi.

Kokslar, 32 milliard dollar

Barchasi XIX asrning oxirida oila otaxonlaridan birining Dayton Evening News gazetasini sotib olishidan boshlangan. Bir yarim asr davomida Kokslar avtodilerlik tarmog’i, kabel TV, shuningdek matbuot hamda radiostansiyalar kiruvchi media-aktivga ega bo’ldi. Rasman sulolaning eng yoshi ulug’ kishisi — Jyeyms Kennedi. Familiyasidan ma`lumki, u yana bir ajoyib sulola, aniqrog’i — Jon Kennediga qarindosh keladi. Jyeyms o’z davrida yetarlicha mehnat qilgan, bugun esa u direktorlar kengashi majlislarida ishtirok etadi, xolos. Imperiya boshqaruvi esa uning qizi Anna Koks Chembersga o’tgan.

Hyorstlar, 35 milliard dollar

Sulola sarguzashtlari Uilyam Rendolf Herstdan boshlangan. Herst tabloidlar janri otasi hisoblanadi. Mark Tven va Jyek London  uning gazetalarida ishlashgan, u Gitler bilan do’stlashgan va Stalindan nafratlangan, mavjud barcha qoidalarni buzgan va misli ko’rilmagan hashamatli saroyni bunyod etgan. Uning o’g’li jiddiy jurnalist bo’lgan, nevarasi Patritsiya — it-girl №1. 1974 yilda uni chap radikallar o’g’irlab ketishgan, qutida saqlashgan, hayotiga tahdid solishgan, natijada Patritsiya ular bilan birga banklarni  o’g’irlashda ishtirok etgan. 5 yillik qamoq jazosini o’tab, ozodlikka chiqqan va hozirda eri, farzandlari hamda nevaralari bilan birga xotirjam hayot kechirmoqda.

Jonsonlar, 39 milliard dollar

j68wko9azsjyrchd6ymbarqtnks5obfaBir yarim asr ilgari Jonsonlar parket tayyorlash va uni parvarish qilish vositasini ishlab chiqish bilan shug’ullanishgan. Tozalovchi suyuqliklar va kukunlar Jonsonlarning oilaviy biznesiga aylandi. Shuningdek ularning aktivida sumkalar brendi — Ziploc ham mavjud. Jonsonlar — 2016 yilning eng badavlat oilalaridan biri.

Kargill va MakMillan, 43 milliard dollar

Kargillar oilasi qishloq xo’jaligi (oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo va boshqalar) bilan shug’ullanadi. MakMillanlar esa — Kargillarning bir «shoxi» bo’lib, u sulola rahbari Uilyam Kargillning kuyovidan boshlangan. Qizining eri u bilan shu qadar yaxshi munosabatda bo’lganki, Kargill kuyovining familiyasini o’z oilaviy biznesiga qo’shishga qaror qilgan. Sulola avvalgidek o’z ishiga sodiq — uning vakillari Montanadagi ranchoda istiqomat qilishadi, OAVda ko’rinish berishmaydi, o’zlari haqidagi xabarlarni yoqlashmaydi — haqiqiy maqsadli yigitlar.

Marslar, 60 milliard dollar.

Bu familiya deyarli barchaga tanish. Kamtar qandolatchilik biznesining «mazali» imperiyaga aylanishi XX asrning 20-yillari oxiriga to’g’ri keladi. O’shanda Marslar «nugi» retseptiga patent olishgan va bu Milky Way, Snickers hamda Mars shokoladlari asosida yotadi. Shuningdek Marslar aktivlari orasida uy hayvonlariga mo’ljallangan ozuqalar — Pedigree va Whiskas ham mavjud. Biri ikkinchisiga halaqit bermaydi.

Koxlar, 80 milliard dollar

Aka-uka Charlz va Devid Koxlar — demokratlarning dushmanlari. Ularning pullari hamma yerda — quvurlar ishlab chiqarish va neftdan tortib, to hojatxona qog’ozi va Mars aksiyalarigacha. Koxlar prezidentlik saylovlarida Barak Obamaning raqiblarini qo’llab-quvvatlashdi. Koxlar — tinchlikparvar tashqi siyosat tarafdorlari.

Uoltonlar, 152 milliard dollar

Mazkur o’nlikdagi boshqa oilalarga nisbatan Uoltonlarning biznesga qo’shilganiga ko’p bo’lmagan — yarim asrdan biroz ko’proq. Biroq do’konlarni hamma narsa xarid qilish mumkin bo’lgan katta tarmoqqa aylantirish g’oyasi oltinga tengdir. Uoltonlar — dunyoning birinchi raqamli riteyleri hisoblangan Wal-Mart sohiblari.

Saudlar oilasi, 1,4 trillion dollar

Saudlar — dunyoning eng badavlat sulolasi. Bu yerda hammasi aniq va ravshan — Yaqin Sharq, neft, pullar… Shunday bo’lsa-da, oila a`zolari real hayotni unutishmaydi. O’tgan yili Saudlardan biri — shahzoda Al-Valid ibn Talol ibn Abdul Aziz shaxsiy boyligidan qutulishga qaror qildi. Shahzodaning boyligi 32 milliard dollarga baholanadi. U ana shunday katta miqdordagi pullarning hammasini xayriya ishlariga sarfladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH