Dubayda salkam 1000 metrli dunyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi (video)

2010-yili Dubayda bunyod etilgan 828 metrli “Burj Xalifa” dunyodagi eng baland inshoot maqomini amirlikning Dubai Creek hududida joriy yil oktabrida qurilishi boshlangan boshqa bir binoga bir necha yildan so‘ng taqdim etadi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda

228152-innerresized600-600-qwertypaycom1476126831

Balandligi 928 metrga yetishi ko‘zda tutilayotgan yangi inshoot amirlikda bo‘lib o‘tadigan Ekspo-2020 butunjahon ko‘rgazmasida ochilishi kutilmoqda. Qurilish ishlari qiymati 1 milliard dollarga baholanmoqda. Loyiha ustida ispaniyalik taniqli me’mor va haykaltarosh Santyago Kalatrava ishlagan.

Yangi inshootga hozircha nom qo‘yilmagan. Uning yuqori qismi ichki ko‘rinishi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri — Bobil osma bog‘lari ruhini aks ettirishi lozim. Shuningdek, me’mor uchun Parijdagi Eyfel minorasi va islom me’morchiligining an’anaviy unsurlaridan biri — minoralar ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgani bildirilmoqda.

228156-innerresized600-600-418-dubai-tower-2020

Bino tarkibidan turar-joy va ofislar, restoranlar, mehmonxonalar, kuzatish maydonlari va boshqa obyektlar o‘rin olishi ko‘zda tutilmoqda. Unga tutash 6 kvadrat kilometrdan iborat hududda hozir dunyoda eng yirik sanaladigan “Dubay-moll”dan ham katta yangi savdo-ko‘ngilochar majmui quriladi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH