Doston Ubaydullayev: Konsert berganimda onam yonimda bo‘lsalaru, ularga guldasta bersam, degan armonim bor edi. Orzuim ushaldi

Xonanda Doston Ubaydullayev Instagram’dagi sahifasi orqali ushalgan orzularidan biri haqida xabar yozib qoldirdi.

doston-1

“Mening onam o‘tib ketganlariga qariyb 23 yil bo‘ldi, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Konsert bersam, onam yonimda bo‘lsalaru, ularga bir guldasta bersam, degan armonim bor edi”, — deb yozadi Doston Ubaydullayev.

“Bugun do‘stim Ulug‘bek Rahmatullayev menga bu imkoniyatni berdi: do‘stimning onasiga gul berdim va orzuim ushaldi; do‘stimning onasi mening ham onam emasmi?! Katta rahmat, xursand bo‘ldim”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

doston-1-1

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 9—13-noyabr kunlari xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH