Donald Trampning brilliantlar bilan bezatilgan hashamatli uyiga sayohat

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp yashaydigan uylar dabdaba, qimmatbaho buyumlar va ayniqsa, oltin ishqibozlarini lol qoldirishi aniq.

Uning Manxettenda qad rostlagan 68 qavatli Trump Tower (Tramp minorasi) binosi barchani shohona dizayni bilan hayratga solmoqda. Minoraning eng tepa qismidagi uch qavatli pentxausda milliarder Tramp rafiqasi Melaniya va o’g’li Berron bilan yashaydi.

Uy intereri ustida dizayner Anjyelo Dongiya ishlagan. G’oyaga ko’ra, interer Lyudovik XIV «uslubi»ga xos bo’lishi lozim edi.

Prezident tillani juda ham yaxshi ko’radi.

Deyarli barcha narsa — idish-tovoqlardan tortib, guldon, vaza, qandillar va qolipgacha — tilladan yasalgan (24 karatli) va ularning ko’pchiligiga brilliantlar sepilgan. Pol, ustun va shiftlar — toza marmardan.

Mazkur pentxaus 100 million dollarga baholanmoqda.

dntrph1

Donald Trampning shaxsiy kabineti.

Bu yerda Trampning oilasi ovqatlanadi.

Mehmonxona.

Yotoqxona.

manba: Kun.uz

ULASHISH