AQShning 45-prezidentiga aylangan Donald Tramp 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi yakunlari bo‘yicha o‘z shtabida chiqish qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

“Klinton qo‘ng‘iroq qilib, meni va barchamizni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi”, — dedi Tramp.

O‘z navbatida, Trampning o‘zi Hillari Klintonni “oxirigacha munosib kurash olib borgani” va vaqtida davlatga sidqidildan xizmat qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH