Detoks (detoksikatsiya — zaharli birikmalarni zararsizlantirish) qanchalik foyda berishiga shaxsiy tajribada sinab ko‘rib, ishonch hosil qilish mumkin. Agar siz o‘zingizni yaxshi his qilmayotgan bo‘lsangiz, teri va sochlaringiz ahvoli “bir holatda” bo‘lsa, bu – “qaytadan o‘chirib-yoqish tugmasini bosish” vaqti kelganini bildiradi.

Detoks – organizmni yillar davomida to‘planib qolgan va immunitetni pasaytiruvchi zaharli moddalardan tozalash chora-tadbirlari majmuidir.

Agar terining chuqur qavatlarini o‘z vaqtida detoks qilish choralari ko‘rilmasa, yuz rangining siniqishi, terining tez-tez yallig‘lanishi, allergik toshmalar paydo bo‘lishi va albatta terining erta qarish muammolari tug‘ilishi turgan gap. Aks holda, eng qimmat kremlar ham yordam bera olmaydi.

Zaharli moddalarni chiqarish usullaridan biri, yuz terisini efir moyi qo‘shilgan bug‘li vanna qilish. Idishga issiq suv soling va lavanda yoki boshqa o‘zingizga yoqqan efir yog‘idan 2-3 tomchi qo‘shib, sochiqqa o‘ragan holda yuzingizni 5-7 daqiqa tutib turing va quruq salfetka bilan artib, sovuq suvda yuvib tashlang.

Organizmda to‘planib qolgan zaharli moddalardan tozalanishning eng yaxshi va foydali usuli – sauna va bug‘li hammomlarga muntazam ravishda borib turish hisoblanadi.

Mineral loyli niqob – chuqur tozalashni talab qiluvchi hamma turdagi yuz terilari uchun ham to‘gri keladigan an’anaviy usullardan biridir. Iliq suvda eritilgan kukunga bir necha tomchi rozmarin efir yog‘idan qo‘shib, yuzingizga 15 daqiqa surib qo‘ying.

manba: Daryo.uz

ULASHISH