2016-yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun FIFA rasmiy saytida ochilgan so‘rovnomada dastlabki ikki kunda 300 mingdan ortiq odam ovoz berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

4-noyabr kuni FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga da’vogar 23 kishining nomini e’lon qildi. Ishqibozlar o‘rtasida internet orqali ovoz berish 22-noyabrga qadar davom etadi. Shuningdek, milliy termalar sardorlari va murabbiylari, 200 dan ortiq OAV vakillari ovoz berishda ishtirok etadi.

Ilgari xabar qilinganidek, ro‘yxatga, Lionel Messi (“Barselona”, Ispaniya), Krishtianu Ronaldu (“Real”, Ispaniya) va Jeymi Vardidan (“Lester”, Angliya) tashqari yana 20 kishi kirdi. Ular orasida Serxio Aguero (“Manchester Siti”, Angliya), Garet Beyl (“Real”, Ispaniya), Janluiji Buffon (“Yuventus”, Italiya), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Angliya), Antuan Grizmann (“Atletiko”, Ispaniya), Zlatan Ibragimovich (“Manchester Yunayted”, Angliya), Andres Inyesta (“Barselona”, Ispaniya), N’Golo Kante (“Lester”, Angliya), Toni Kroos (“Real”, Ispaniya), Robert Levandovski (“Bavariya”, Germaniya), Riyad Marez (“Lester”, Angliya), Luka Modrich (“Real”, Ispaniya), Manuel Noyer (“Bavariya”, Germaniya), Neymar (“Barselona”, Ispaniya), Mesut Ozil (“Arsenal”, Angliya), Dimitri Payye (“Vest Xem”, Angliya), Pol Pogba (“Manchester Yunayted”, Angliya), Serxio Ramos (“Real”, Ispaniya), Aleksis Sanches (“Arsenal”, Angliya) va Luis Suares (“Barselona”, Ispaniya) bor.

manba: Daryo.uz

ULASHISH