Shveytsariyaning Lozansk universiteti olimlari chumolilar muhim ma’lumotlarni “bo‘salar” orqali bir birlariga yetkazishlarini aniqlashdi, — deb yozadi mir24.tv.

Bu jarayon trofallaksis deb ataladi. U ozuqa almashish mexanizmi hisoblanar edi. Oxirgi izlanishlar bu jarayon chumolilar o‘zaro muloqot qilganda ham amalga oshishini ko‘rsatdi. Masalan, oiladagi chumolilar uzoq vaqtdagi izolatsiyadan keyin bir birini uchratib qolsa, “o‘pich” orqali bir birlarini tanib oladilar.

Olimlar chumolilar ozuqa almashganda ajralib chiqadigan moddaning kimyoviy tarkibini o‘rganib chiqdilar. Ma’lum bo‘lishicha uning tarkibida juda ko‘p gormon, oqsil va boshqa moddalar mavjud ekan. Ular orasida lichinkalarga yashash imkon beruvchi o‘sish gormonlari ham mavjud.

Shu yo‘l bilan chumolilar bir birlarida immun tizimini hosil qiladilar hamda qirolicha va koloniyaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydilar.

ULASHISH