Choy dunyoning turli mamlakatlarida qanday ichiladi?

Bir finjon (yaxshisi bir piyola) choy biz uchun oddiy ichimlik emas, choy ichish esa oddiy ovqatlanish jarayoni emas. Bu butun oilani birlashtiruvchi o‘ziga xos marosim, choy esa tetiklik, xotirjamlik baxsh etadigan afsonaviy eliksirdek go‘yo. Biz choyni odatda tongda yoki tushlikdan so‘ng shirinlik yo mevalarga to‘la dasturxon atrofida ichamiz. Boshqa mamlakatlarda choy qanday ichiladi?

Tayvan

Tapioka qo‘shilgan sovutilgan choy — bu turli qo‘shimchalar: siroplar, topping, sut va qaymoq qo‘shilgan qora va ko‘k choy asosida tayyorlangan o‘ziga xos ichimlikdir. Bunday choyning asosiy tarkibiy qismi tapioka — donli kraxmalli mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Aynan u yuzaga keltiradigan ko‘piklar tufayli bu choy dunyo bo‘yicha Bubble tea deb nomlanadi.

%d1%87%d0%b0%d0%b9-%d1%82%d0%b0%d0%b9%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d1%8c-680x358

Pokiston

Pokiston aholisi “masala” choyni xush ko‘radi. Bu ichimlik choy, ziravorlar aralashmasi, o‘tlar va sut asosida tayyorlanadi. Uning turli variantlari mavjud bo‘lib, o‘zining g‘aroyib hidi va ta’mi bilan ajralib turadi.

%d0%bf%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%87%d0%b0%d0%b9-580x600

Yaponiya

Yaponiyaning “matcha” choyi ko‘k choyning quruq barglaridan tayyorlanadi. Buning uchun ular kukun holiga keltiriladi. Bu ichimlik yaponlarning an’anaviy choy marosimida ichiladi. Bu marosim esa ba’zan bir necha soat davom etadi!

%d1%8f%d0%bf%d0%be%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%87%d0%b0%d0%b9-680x383

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniya haqida o‘ylaganingizda hayolingizga birinchi navbatda sutli choy keladi. Haqiqatda ham britaniyaliklar qaymoqrang va mayin ta’m berish uchun choyga sut qo‘shishni xush ko‘radi.

%d0%b2%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%87%d0%b0%d0%b9-680x406

Argentina

Argentinaliklar ta’mi nordon bo‘lgan mateni xush ko‘radi. Vitaminlarga boy bu tetiklashtiruvchi ichimlik tarkibida ko‘p miqdorda kofein mavjud. U Paragvay padubining yosh navdalari va maydalangan barglaridan tayyorlanadi.

%d0%b0%d1%80%d0%b3%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b8%d0%bd%d0%b0-%d1%87%d0%b0%d0%b9-680x495

Xitoy

Puer — xitoyliklarning sevimli ichimligi. Bu choy ishlab chiqarishning o‘ziga xos texnologiyasi bilan farqlanadi. Aynan shuning uchun u boshqa choylardan farqli ravishda vaqt o‘tishi bilan aynimaydi, uning ta’mi esa yaxshilanib boradi. Kulchalar va kubiklar shaklida sotiladi.

%d0%ba%d0%b8%d1%82%d0%b0%d0%b9-%d1%87%d0%b0%d0%b9-680x453

Siz choyni qanday ichishni xush ko‘rasiz?

manba: Daryo.uz

ULASHISH