Juda ham yengil va oson tayyorlanadi. Ayniqsa, kesilganda juda chiroyli.

Kerakli mahsulotlar:

1 stakan smetana

2/3 smetana
1 dona tuxum

0,5 choy qoshiq osh sodasi (so‘ndiriladi)

3 stakan un

Nachinkasiga:

100 g olxo‘ri qoqisi

150 gr turshak

100 gr yong‘oq

150 gr mayiz

Kremiga:

750 ml smetana

1 stakan shakar

Tayyorlanishi:

Tort uchun nachinkani avvaldan tayyorlab olish mumkin: quruq mevalarni qaynoq suvga solib, yumshatiladi. So‘ngra yong‘oq va quruq mevalarni qiymalagichdan alohida o‘tkaziladi. Oshxona kombaynidan ham o‘tkazsa bo‘ladi. Tezroq ish bitadi. Agar mevali aralashma quyuq bo‘lsa, qaynoq suv qo‘shsa bo‘ladi, yaxshilab aralashtirilib, qiyom shakliga keltiriladi. Men yong‘oqlari olxo‘ri qoqisi bilan aralashtirdim.

Xamir uchun tuxum, shakar va smetanani aralashtirib oldim, osh sodasi va un qo‘shdim. Xamir yumshoq, lekin qo‘lga yopishmaydigan bo‘lishi kerak. Xamirni 8 ta bo‘laklarga bo‘lib, yumaloqlanadi. Har biridan nonchalar yoyiladi, ularga qora olxo‘ri surtilib, o‘ramalar yasaladi. Qora olxo‘ridan 2 ta, turshak va mayizlidan 3 tadan o‘rama yasaladi. O‘ramalarni 180 haroratda tilla rangga kirgunga qadar pishiriladi. Sovutib, bo‘laklarga bo‘lamiz.

Smetanani shakar bilan ko‘pirtiramiz. Chuqur idish yoki qolipni olib, plyonka solamiz. Uni krem bilan surkab chiqamiz, ustiga kesilgan o‘ramalarni solamiz, har bir qavatga krem surtamiz. Bir kechaga muzlatgichga qo‘yamiz. Ertalab qolipni ag‘darasiz va shunday go‘zallikni ko‘rib, hayratda qolasiz.

ULASHISH