Chingizxon Mo‘g‘ulistonda o‘zlashib qolgan yevropalik bo‘lishi mumkin. Sharqiy Mog‘ulistonning Tavan-Tolgoe hududidan 2004-yilda uning qarindoshlari qabrini topgan arxeologlar shunday xulosaga keldilar, — deb yozadi tsargrad.tv.

To‘rt erkak va uch ayol 1130-1250 yillar oralig‘ida, balki Chingizxon hukmronlik qilgan yillarda qabrga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Qabrdan topilgan uzuklardagi yozuvlar dafn etilganlar Borjigin urug‘iga aloqador ekanliklarini ko‘rsatdi. Chingizxonning o‘zi ham shu urug‘dan bo‘lgan.

Qabrdagi qoldiqlarni o‘rganish ularning besh nafari Chingizxonning qarindoshlari ekanini tasdiqladi. Mo‘g‘ulistonlik malika va uning o‘g‘illari Chingizxonning nabira yoki evaralari bo‘lishi mumkin.

Chingizxon avlodlarining qabrini topishning o‘zi ham katta yutuq bo‘lsa-da, bu olimlarni hayratga solmadi. Haqiqiy “sensatsiya” ularning qisman yevropalik ekanliklarini tasdiqlovchi dalilning topilgani bo‘ldi. Erkaklar G‘arbiy Yevropa va Janubiy Uralda keng tarqalgan R1b-M343 gaplo-guruhining tashuvchilari edi. Ayol esa Mo‘g‘ullar uchun noodatiy tarzda uzun bo‘yli (1,70 santimetr) edi.

Chingizxonning yevropalik ajdodlari Mo‘g‘ulistonga ko‘chib kelganliklari va mahalliy ayollar bilan oila qurish natijasida shu yerda o‘zlashib qolganliklari taxmin qilinmoqda.

ULASHISH