Chikago, Nyu-York va Vashington AQShda kalamushlar soni eng ko‘p bo‘lgan shaharlar ro‘yxatida mos ravishda 1—3-o‘rinlarni egallab turibdi. Bu haqda NBC telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

1901-yildan buyon uylarni kemiruvchi va hasharotlardan himoya qiluvchi Orkin kompaniyasi tomonidan tuzilgan mazkur ro‘yxatga AQShning 50 shahri kiritildi. Ro‘yxatni tuzishda kompaniya vakillari har bir shahardan dezinfeksiya qilish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar sonini inobatga olgan.

Chikago qatorasiga ikkinchi yil AQShda kalamushlar soni eng ko‘p bo‘lgan shahar sifatida qayd etilmoqda. Dastlabki o‘nlikka, shuningdek, Los-Anjeles, San-Fransisko, Baltimor, Filadelfiya, “egizak shaharlar” Minneapolis va Sent-Pol hamda Detroyt va Denver shaharlari kirdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH