Antonio Konte boshchiligidagi «Chelsi» Angliya Premyer-ligasidagi g’alabali seriyasini davom ettirmoqda. «Chelsi» chempionatning 10-turida 5 o’yindan beri mag’lubiyat nimaligini bilmayotgan «Sauthempton»ni mehmonda mag’lub etdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Eden Azar «Chelsi»ni hisobda oldinga olib chiqdi (1:0). Tanaffusdan so’ng Azarning uzatmasidan keyin Diyego Kosta hisobni yanada kattalashtirdi (2:0).

Londonliklar 10 turdan keyin musobaqa jadvalida 4-o’rinni (22 ochko), «Sauthempton» esa 9-o’rinni (13 ochko) egallamoqda.

Angliya Premyer-ligasi. 10-tur
Sauthempton – Chelsi  – 0:2
Gollar:
Azar, 6 (0:1); Kosta, 55 (0:2).

manba: Kun.uz

ULASHISH